Braziliyaning "Kanizak Izaura" seriali orqali mashhur bo‘lgan aktrisa Luseliya Santus siyosatga aralashmoqda.
Mashhur serial 1976-yilda Braziliyada ishlangan. Kinoyulduz o‘nlab filmda suratga tushgan bo‘lsa-da, aynan Izaura sifatida odamlar xotirasida qolgan.
Hozir u 65 yoshda. Yaqindan boshlab u siyosatga aralasha boshlagan va Rio-de-Janeyro shtati deputati bo‘lish uchun saylovda qatnashdi. Ammo u saylovda mag‘lub bo‘ldi.
Mahalliy OAV mag‘lubiyatga aktrisaning oddiy odamlar hayotidan uzoq ekanini sabab qilib ko‘rsatmoqda.


