“Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish mening bolalikdagi orzuyim. Bu nafaqat meni, balki barcha futbolchining orzu va armonidir. Albatta, futbol - bu jamoaviy o‘yin, lekin siz o‘z jamoangizga g‘alaba qozonish, g‘alaba keltiradigan gollaringiz bilan yordam berganingizda, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishga intilasiz. Men bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun bor kuch-quvvatimni sarflayman. Umid qilamanki, bolaligimdagi orzuyimni, albatta, amalga oshiraman”.
Kecha yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan “Oltin to‘p” sovrini uchun daʼvogarlar ro‘yxati taqdim etilgan edi. 2021 yilda mazkur sovrin uchun ro‘yxatga 30 futbolchi nomzodi kiritilgan. Ular orasida Karim Benzema ham bor.
Avvalroq, “Vilyareal” Serj Ore bilan shartnoma imzolagani va “Barselona” Rodrigoni sotib olmoqchi bo‘lganligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


