Gulnora Karimovaning Shveysariyadan boshqa davlatlarda ham jinoiy aktivlari borligi aniqlandi. Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Latviya va Rossiyada Gulnora Karimova va u boshchiligidagi uyushgan guruhga tegishli millionlab mablag‘lari borligi maʼlum qilindi. Ularning maʼlum bir qismi O‘zbekistonga qaytarilgan.
Qolgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha mazkur davlatlarda ish olib borilmoqda. Jinoiy aktivlarning umumiy qiymati qariyb 1,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.
Qayd etilishicha, o‘z navbatida hozirgi kunga kelib, mazkur pullar 14,3 trln so‘mni tashkil etib, ularni hisobiga 1400 tadan ortiq maktablar qo‘rsa bo‘ladi


