1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Karl III ilk xorijiy safarini Germaniyadan boshlaydi

Safarda unga Qirolicha konsorti Kamilla hamrohlik qiladi.

Karl III ilk xorijiy safarini Germaniyadan boshlaydi

 

Karl III bugun Germaniyaga uch kunlik tashrifini boshlaydi, bu uning o‘tgan yilning sentyabrida taxtga chiqqanidan keyin birinchi xorijga safari bo‘ladi. Davlat rahbarining rasmiy qarorgohi – Bukingem saroyidan maʼlum qilishlaricha, safarda unga Qirolicha konsorti Kamilla hamrohlik qiladi.

 

Karl III Ikkinchi jahon urushidan keyin Berlinda harbiy sharaf bilan qabul qilingan va Bundestagda nutq so‘zlagan birinchi Britaniya monarxi bo‘lib tarixga kiradi.  

 

Bukingem saroyida taʼkidlanganidek, “tashrif Buyuk Britaniyaning Germaniya bilan munosabatlariga hurmat bajo keltirish, ikki mamlakatning umumiy tarixi, madaniyati va qadriyatlarini taʼkidlash” uchun mo‘ljallangan.

 

"Safar “uzoq muddatli hamkorlik va murosa merosiga olib kelgan umumiy o‘tmishdagi qurbonliklar va muammolar haqida fikr yuritish” imkonini beradi", — deyiladi saroy xabarida.  

 

Qirol va Qirolicha sharafiga Berlin aeroportida zambaraklardan 21 marta o‘q uziladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика