G7 davlatlari yetakchilari qo‘shma bayonotda butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat taʼminoti bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozga qarshi kurashishga, shuningdek, zaif mamlakatlar va Ukrainaga oziq-ovqat masalasida yordam berish, uni yetkazishdagi uzilishlarni bartaraf etishga vaʼda berishdi.
"Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib borish va yuzaga kelayotgan global oziq-ovqat xavfsizligi inqirozining oldini olish, unga javob berish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilishga tayyormiz. Biz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun barcha vositalar va moliyalashtirish mexanizmlaridan izchil foydalanamiz ", — deyiladi xabarda.
21-mart kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian bozorda Ukraina va Rossiya donlarining ulushini hisobga olgan holda Yevropada oziq-ovqat inqirozi tahdidi haqida gapirgan edi.


