Yaponiyaning Kioto va Fukui universitetlari olimlari katta yoshli insonlarda yangidan tish o‘sib chiqishini taʼminlovchi preparat yaratdi.
Mazkur o‘ziga xos vosita organizmdagi USAG-1 genini bloklovchi antitana ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu gen insonlar va sut emizuvchilar turkumiga mansub jonzotlarda tish o‘sishini cheklaydi.
Tadqitotchilar ushbu jarayonga to‘sqinlik qilish maqsadida USAG-1ning tanadagi boshqa genlar bilan o‘zaro taʼsirini o‘rgandi.
Shundan so‘ng tahlil natijalari asosida ana shu o‘zaro taʼsirni bloklashga xizmat qiluvchi dori vositasi ishlab chiqildi.
Yangilik mualliflari 2024-yilda preparatni odamlarda klinik sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ularning fikricha, 2030-yilga borib, insoniyat sunʼiy tish implantlarini qo‘ydirish ehtiyojidan xalos bo‘lishi mumkin.


