Bu haqda viloyat hukumati raisi Andrey Alekseyenko o‘zining Telegram-kanalida maʼlum qildi.
Avvalroq 38 kishi halok bo‘lgani va Xerson va Nikolayev viloyatlarida 1300 ta uy suv ostida qolgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 6-iyun kuni Xerson viloyatidagi Kaxovska GES to‘g‘oni portlatib yuborilgandi. Buning natijasida hududlarni suv bosa boshlagan.
Novaya Kaxovka qishoq maʼmuriyatining taʼkidlashicha, 7 kishi suv toshqini natijasida bedarak yo‘qolgani aytilgandi. Hozircha, GES to‘g‘onini kim portlatib yuborgani haqida aniq maʼlumot yo‘q. Ukrainaning iddao qilishicha, bu ishni Rossiya kuchlari amalga oshirgan.


