1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Kelajak uchun” forumi doirasida 100 dan ortiq tashabbus kelib tushdi

G‘olib loyihalar moliyalashtirilib, respublika miqyosida joriy etiladi.

“Kelajak uchun” forumi doirasida 100 dan ortiq tashabbus kelib tushdi

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi qizg‘in pallaga kirdi. Qisqa vaqt ichida kelajakuchun.gov.uz elektron platformasi orqali fuqarolardan 100 dan ortiq taklif va tashabbuslar kelib tushdi.

 

Mazkur tashabbuslar tadbirkorlik, raqamli texnologiyalar, energetika, tibbiyot va ta’lim, ekologiya, suv xo‘jaligi hamda sud-huquq sohalarini qamrab olgan bo‘lib, ularning aksariyati amaliy ahamiyatga ega g‘oyalar sifatida e’tiborni tortmoqda.

 

Xususan, Qashqadaryo viloyatidan fuqaro A.J. havo sifati yomonlashgan hududlarda o‘rnatish uchun mo‘ljallangan “aqlli” havo tozalovchi panellar yaratish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu loyiha atrof-muhit holatini yaxshilashga qaratilgan innovatsion yechim sifatida baholanmoqda.

 

Shuningdek, Navoiy viloyatidan fuqaro N.H. paxta va g‘alladan kam hosil olinadigan yer maydonlarida tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxt plantatsiyalarini tashkil etish loyihasini ilgari surdi. Tashabbus muallifining fikricha, mazkur loyiha orqali daromadni 5 barobargacha oshirish, tomchilatib sug‘orish tizimi orqali suv sarfini esa 5 barobarga kamaytirish imkoniyati mavjud.

 

Forum doirasida bunday qiziqarli va istiqbolli tashabbuslar ko‘plab uchramoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

 

Forum doirasidagi barcha jarayonlar ishonchli va tizimli asosda amalga oshirilmoqda. Xususan, One ID orqali ro‘yxatdan o‘tish tashabbus mualliflarining mualliflik huquqini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Forumda g‘olib deb topilgan loyihalar:

 

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi;
  • moliyalashtiriladi va tijoratlashtiriladi;
  • butun respublika miqyosida joriy etiladi.

 

Shuningdek, tashabbus mualliflari:

 

  • o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
  • istiqbolli kadrlar ro‘yxatiga kiritiladi;
  • 10 million so‘mdan 50 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

 

Ayni paytda forumga tashabbuslar qabul qilish davom etmoqda. Hech bir fikr e’tibordan chetda qolmaydi. Fuqarolar forumda faol ishtirok etishga chorlanadi. Batafsil ma’lumotlar kelajakuchun.gov.uz rasmiy saytida mavjud.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика