1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. Kelasi yil Xitoy Hindistondan ortda qolishi mumkin

03:33 / 16.11.2022

562

Kelasi yil Xitoy Hindistondan ortda qolishi mumkin

Kelasi yil Xitoy Hindistondan ortda qolishi mumkin

Hindiston aholisi soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirib, dunyodagi eng zich joylashgan davlatga aylanadi.

 

Kelgusi yilda Hindiston aholisi soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirib, dunyodagi eng zich joylashgan davlatga aylanadi. Bu haqda BMTning payshanba kuni eʼlon qilingan hisobotida aytildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, yaqin bir necha o‘n yilliklarda aholi soni 1,4 milliardga yetgan Hindiston xalqining shaharlardagi aholisi favqulodda surʼatlarda o‘sadi. Bu holat mutaxassislarni xavotirga solmoqda. Buning sababi, Hindistonning megapolislari hozirning o‘zida juda zich joylashgan va zarur infratuzilmaga ega emas.

 

Hozirgi vaziyat hatto oddiy hindularni ham xavotirga solmoqda:

 

«Dehli bundan atigi 5 yil oldin bunday emas edi. Bu yerda aholi juda ko‘payib ketdi», — deydi mahalliy ayol.

 

Mumbayda aholining 40% suv taʼminoti, elektr energiyasi va kanalizatsiya tizimi bo‘lmagan qishloqlarda yashaydi. Hisobot mualliflariga ko‘ra, aholining o‘sishi qashshoqlik darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.

 

Xitoyda esa 1980-2015 yillarda amalga oshirilgan va yaqinda to‘xtatilgan «bir bola siyosati» o‘z natijasini berdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillarining aytishicha, Xitoy aholisi kelasi yildan boshlab qisqara boshlaydi.

 

BMT maʼlumotlariga ko‘ra, 2050 yilgacha bo‘lgan o‘sishning yarmidan ko‘pi Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Efiopiya, Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Tanzaniya 8 ta davlatga to‘g‘ri keladi.

 

Asr oxiriga kelib aholi eng zich joylashgan shaharlar Nigeriyadagi Laos, Kongo Demokratik Respublikasidagi Kinshasa va Tanzaniyadagi Dar-es-Salam bo‘ladi.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика