1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

"O‘zgidromet" bu bo'yicha ma'lumot berdi.

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 12-13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 martda -3...+2 daraja, 13 martda -0...-5 daraja, kunduzi 11 martda +8...+13 daraja, 12-13 martda +6...+11 daraja bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 12-13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 11 martda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +13...+18 daraja, 12-13 martda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +7...+13 daraja bo‘ladi.

 

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi 11 martda +13...+18 daraja, 12-13 martda +8...+13 daraja bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 martda +5...+10 daraja, 13 martda +3...+8 daraja, kunduzi 11 martda +13...+18 daraja, 12-13 martda +9...+14 daraja bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 va 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11 va 13 martda +2...+7 daraja, 12 martda +5...+10 daraja, kunduzi 11 martda +11...+16 daraja, 12-13 martda +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, , 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chish xavfi bor. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 martda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 12 martda kechasi va kunduzi +0...+5 daraja, 13 martda kechasi va kunduzi -0...-5 daraja bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика