1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

"Kelgusi yil yanvardan professional taʼlimdagi pedagog va ustalarning oyligi oshiriladi"

Shuningdek, o‘qituvchilar malaka toifasi uchun to‘lanadigan ustama o‘rtasidagi farq 2 barobarga oshiriladi.

"Kelgusi yil yanvardan professional taʼlimdagi pedagog va ustalarning oyligi oshiriladi"

 

Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektorda mutasaddilarga professional taʼlim pedagog va ustalari uchun munosib sharoit qilib berish, ularning kasbiy mahoratini oshirib boradigan tizim yaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi

 

“Ochiq aytish kerak, 2 million so‘m oylik olayotgan texnikum yoki kasb-hunar maktabi muallimlaridan kamida 5 million so‘m ish haqi oladigan mutaxassislar tayyorlab berishni talab qilayapmiz”, – dedi Prezident.

 

Shu bois, kelgusi yil 1 yanvardan:

– professional taʼlimdagi pedagog va ustalar oyligi o‘rta maktab o‘qituvchilariga tenglashtiriladi;

– o‘qituvchilar malaka toifasi uchun to‘lanadigan ustama o‘rtasidagi farq 2 barobarga oshiriladi;

– erishgan natijasiga qarab, fidoyi va tashabbuskor pedagog kadrlarning oyligiga 50 foizgacha ustama to‘lash joriy etiladi.

 

Kelgusi yilda buning uchun byudjetdan qo‘shimcha 150 milliard so‘m ajratiladi.

 

Shu bilan birga, professional taʼlim muassasalari pedagoglari malakasini oshirishda yangi tizim yaratiladi.

 

Universitetlar huzuridagi malaka oshirish fakultetlari o‘rniga har bir viloyatda Professional tayyorgarlik markazlari tashkil etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика