Shanbaga o‘tar kechasi Kerch bo‘g‘ozida dengiz dronining hujumi natijasida Rossiyaning tijorat tankeri zarar ko‘rdi.
OAV maxsus xizmatdagi manbaga tayanib, bu hujum ortida Ukraina Xavfsizlik xizmati va dengiz kuchlari turibdi, deb xabar bermoda. Ma'lumotlarga ko‘ra, maxsus operatsiya 450 kg trotil bilan to‘yingan sirt dron yordamida amalga oshirilgan.
Tanker bortida 11 kishi bo‘lgan, hech kim jabrlanmagan, yoqilg‘i to‘kilmagan.
OAV maʼlumotlariga koʻra, neft tankeri anneksiya qilingan Qrimdan Suriyaga avia yoqilgʻi yetkazib bergan, buning uchun u 2019-yildan beri AQSh sanksiyalari ostida.


