Kichik halqa yo‘li ko‘chasidan 60 metr uzunlikdagi (Toshkent Temiryo‘l texnikasi muzeyi qarshisi) qismi barcha turdagi avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi.
Toshkent shahridagi isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida Mirobod tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismida 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli, joriy yilning 9 sentyabr kuni soat 20:00 dan 10 sentyabr kuni 09:00 gacha hamda 10 sentyabr kuni 20:00 dan 11 sentyabr kuni 09:00 ga qadar Kichik halqa yo‘li ko‘chasidan 60 metr uzunlikdagi (Toshkent Temiryo‘l texnikasi muzeyi qarshisi) qismi barcha turdagi avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.


