Pxenyan AQSH va Janubiy Koreya harbiy fitnalariga qarshi kurashni davom ettiradi va "Ochiq tarzda urushayotgan"larga deb javob berishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda KXDR rahbari Kim Chen In maʼlum qildi.
Shu bilan birga, u Pxenyan "yadroviy qurolga yadroviy qurol bilan javob berish, “ochiq qarama-qarshilikka ochiq qarama-qarshilik bilan javob berish"ni aytdi. Shu munosabat bilan Kim Chen In strategik qurollarni "qurolli mojarolar va har qanday shakldagi urushlar uchun" tayyorligini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.
So‘ngi bir hafta ichida Shimoliy Koreya deyarli har kuni raketa uchirmoqda. Masalan, 16-mart kuni uchirilgan raketa 1 ming km masofani bosib o‘tib, 1,045 km balandlikka erishdi. Parvoz Janubiy Koreya prezidentining Yaponiyaga birinchi tashrifi arafasida amalga oshirildi. Tokioda prezident Yun Sok Yol va Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida o‘rtasidagi uchrashuvda tomonlar Pxenyanning raketa va yadroviy dasturi haqida xavotirlarini bildirishgan.


