1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kim Chen In harbiy razvedka sunʼiy yo‘ldoshi uchirilishini tasdiqladi

KXDR rahbari buni milliy xavfsizlik talabi deya izohlagan.

Kim Chen In harbiy razvedka sunʼiy yo‘ldoshi uchirilishini tasdiqladi

 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatning birinchi razvedka sunʼiy yo‘ldoshini uchirishga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi va bu masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus qo‘mita ish rejasini tasdiqladi.

 

Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, harbiy razvedka sunʼiy yo‘ldoshining muvaffaqiyatli uchirilishi hozirgi milliy xavfsizlik holatining dolzarb talabi bo‘lib, bu kosmik fan va texnika taraqqiyotida sezilarli siljishni ko‘rsatmoqda.

 

“AQSH imperialistlari va Janubiy Koreya qo‘g‘irchoq to‘dasining KXDRga qarshi qarama-qarshilik intrigalari qanchalik umidsiz bo‘lsa, biz suverenitetimiz va o‘zimizni himoya qilish huquqimizdan shunchalik munosib foydalanamiz”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

 

Eslatib o‘tamiz, 19-aprel kuni Kim Chen In Pxenyanning maʼlumotlar yig‘ish imkoniyatlarini oshirish uchun birinchi razvedka sunʼiy yo‘ldoshini uchirishga tayyorgarlik ko‘rishga buyruq bergan. Bundan bir hafta oldin Shimoliy Koreya birinchi marta «Xvason-18» qitʼalararo ballistik raketasini uchirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика