KXDR Milliy mudofaa akademiyasi dron instituti kamikadze-dronlarni sinovdan o‘tkazdi. Sinovlarni KXDR yetakchisi Kim Chen Inning shaxsan o‘zi kuzatib turgan. Mamlakat rasmiylarining taʼkidlashicha, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan – dronlar belgilangan marshrutlar bo‘ylab uchib, nishonlarni topib, ularni yo‘q qilgan.
Shundan so‘ng Kim Chen In Shimoliy Koreya armiyasini ushbu turdagi qurollar bilan tezkor taʼminlash, taktik piyodalar va maxsus operatsiyalar bo‘linmalarida shu turdagi dronlardan foydalanish uchun kamikadze dronlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil boshida Shimoliy Koreya yadroviy kallak bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan “Xeil-5-23” suv osti dron tizimini sinovdan o‘tkazilganini eʼlon qilgandi.


