Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In snaryadlar eksport qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda OAV xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan hafta payshanbadan shanbagacha KXDR yetakchisi asosiy qurol-yarog‘ zavodlarini, jumladan, yirik kalibrli raketa tizimlari va strategik qanotli raketalar uchun dvigatellar ishlab chiqaradigan zavodlarni ko‘zdan kechirgan.
Oxirgi tekshiruvlar bir nechta maqsadlarni ko‘zlagan ko‘rinadi – mamlakatning mudofaa sohasidagi yutuqlarini namoyish etish, Seul va Vashingtonning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga javob berish va qurol eksportiga erishish.
Agar bu harakatlar qurol eksportini anglatsa, Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzgan hisoblanadi.


