Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, ayrim shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi.
Ular quyidagilar:
➖avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
➖o‘quv-mashq transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransportni yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;
➖homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha tibbiy maʼlumotnoma mavjud bo‘lganda);
➖xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport haydovchisi va yo‘lovchilari.
Mototsikl va mopedda harakatlanayotgan haydovchi va yo‘lovchilar maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.


