1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kimlar yotoqxonada bepul turadi?

Bu bo‘yicha maʼlumotlar eʼlon qilindi.

Kimlar yotoqxonada bepul turadi?

 

Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy taʼlim muassasalari Kengashi belgilaydi. Bu haqda Telegramdagi “Taʼlim nazorati” kanalida xabar berildi.

 

Quyidagilar yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi:

 

—ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;

—chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);

—mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;

—ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

 

Quyidagi toifalarga umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi:

 

—umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;

—vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun masʼul talabalarga.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика