“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Kodi Gakponing klub lageriga o‘tishi haqida gapirdi.
“Bu yil biz Chempionlar ligasiga chiqishni kafolatlay olmaymiz, ammo Gakpo buni hech qachon so‘ramagan. Vaqti-vaqti bilan futbolchilar: “Sizningcha, biz Chempionlar ligasiga chiqamizmi?”, deb so‘rashmoqda. Turnir jadvalini uning o‘zi ko‘rib turibdi. Kodi bu biroz qiyin bo‘lishini bilar edi. Bu menga judayam yoqdi”, — deya Kloppning so‘zlaridan “qizillar” matbuot xizmati iqtibos keltirdi.
“Liverpul” APL turnir jadvalida 17 o‘yindan keyin 28 ochko to‘plagan holda oltinchi o‘rinni egallab, to‘rtinchi o‘rindagi “Manchester Yunayted”dan 7 ochko ortda qolmoqda.


