2022 yilgi jahon chempionatida ko‘pchilik tomonidan eng chiroyli muxlis deb atalgan xorvatiyalik muxlis Ivana Knoll Portugaliya va “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.
Ijtimoiy tarmoqlardan birida uning obunachilari undan kimni eng yaxshi futbolchi deb bilishini so‘rashdi: argentinalik Lionel Messimi yoki fransiyalik Kilian Mbappemi? Model ikkalasini ham tanlamadi va Ronaldu hozirda sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi ekanligini aytdi.
Ayni paytda Ronaldu yangi klubi tarkibida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. Saudiya Arabistoni chempionatining ikki eng yaxshi klubidan iborat jamoa va “PSJ” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi.


