1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kolorado sudi Trampga prezidentlik saylovida qatnashishni taqiqladi

Bu sobiq prezident tarafdorlarining Kapitoliyga bostirib kirishi bilan bog‘liq.

Kolorado sudi Trampga prezidentlik saylovida qatnashishni taqiqladi

 

AQSHning Kolorado shtati Oliy sudi Donald Trampni 2024 yilda AQSH prezidentligiga nomzodlar ro‘yxatidan chiqarib tashlash haqida qaror chiqardi. Bunga sobiq prezident tarafdorlari 2021 yilning 6 yanvar kunida saylovdagi mag‘lubiyat uchun eʼtiroz bildirishga urinib, Kapitoliyga bostirib kirgani sabab bo‘lgan.

 

Sud bu qarorni "qo‘zg‘olon yoki qo‘zg‘olon bilan shug‘ullangan amaldorlarning davlat lavozimlarini egallashini taqiqlovchi" konstitutsiyaviy qoidaga asoslanib qabul qildi. Qayd etish kerakki, Donald Tramp bunday jazoga loyiq ko‘rilgan AQSH tarixidagi prezidentlikka nomzodlar orasida birinchi shaxsga aylandi.

 

Shtat Oliy sudi kichik ovoz farqi bilan (4 rozi, 3 norozi), "2024 yilgi Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan daʼvogarni AQSH hukumatiga qarshi zo‘ravonlikni qo‘zg‘atishdagi roli tufayli saylov byulletenida nomzod sifatida ko‘rsatilishini taqiqlaydi", deb topdi.

 

Sud qarori faqat Koloradoda, 5 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Respublikachilar partiyasining praymerizlariga taalluqlidir, biroq bu qaror Trampning 5 noyabrda bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovdagi obro‘siga ham taʼsir qilishi mumkin.

 

Qarorning kuchga kirishi keyingi oy apellyatsiya berilgunga qadar kechiktirildi.

 

Trampning saylovoldi kampaniyasi sud qarorini noto‘g‘ri va nodemokratik deb atadi va AQSH Oliy sudiga shikoyat qilishini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика