1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kolumbiyada “o‘zga sayyoralik” mumiyasi topildi

U cho‘zilgan bosh suyagi va inson uchun odatiy bo‘lmagan miqdordagi qovurg‘alarga ega.

Kolumbiyada “o‘zga sayyoralik” mumiyasi topildi

 

Kolumbiyada o‘zga sayyoralikka o‘xshagan noodatiy mumiya topildi. Uning cho‘zilgan bosh suyagi, qiya ko‘zlari va g‘ayritabiiy sondagi qovurg‘alari bor.

 

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari mumiya sirli chililik "Atakama skeleti" ga o‘xshashligini taʼkidlashdi. Taxminan 15 sm hajmdagi mumiya 2003 yilda tashlandiq La Noriya qishlog‘ida topilgan. Shuningdek, u cho‘zilgan bosh suyagi va inson uchun odatiy bo‘lmagan miqdordagi qovurg‘alarga ega edi. Fotosuratlar eʼlon qilingandan so‘ng, mumiya o‘zga sayyoralik yoki nomaʼlum inson zotiga mansub degan mish-mishlar tezda tarqala boshladi.

 

Mustaqil ekspertlarning taʼkidlashicha, mumiyaning ko‘rinadigan kindik ichakchasi bor va tananing o‘zi inson homila qoldiqlariga mos keladi. Boshning tepa qismidagi suyak “bo‘g‘imi” qandaydir nuqson borligini ko‘rsatadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика