Qo‘shiqchi Shakira tug‘ilgan Barrankilya shahrida uning sharafiga bronza haykal o‘rnatildi.
Haykaltarosh Yino Markes 2005 yilda Hips don‘t lie qo‘shig‘i uchun musiqiy videodan qo‘shiqchining raqs harakatini aks ettiruvchi 6,4 metr balandlikdagi haykal yaratdi.
Xonanda o‘zining Instagram sahifasida buni ota-onasi bilan baham ko‘rishidan xursandligini aytib, post qoldirdi. Shuningdek, u haykal yonida oila aʼzolarining fotosuratlarini ham joylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Shakira Kataloniyaning “Barselona” futbol klubi himoyachisi Jerar Pike bilan sportchining xiyonati tufayli ajrashdi.
Pike va Shakira 2011-yildan beri munosabatda bo‘lishgan, ammo nikohni rasmiylashtirmaganlar. Ular Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida uchrashishgan. O‘shanda qo‘shiqchi chempionatning madhiyasi bo‘lgan Waka Waka qo‘shig‘iga klip suratga olgan, futbolchi esa suratga olishda ishtirok etgan. Ularning ikki farzandi bor.


