Maʼlum qilinishicha, Uzmetronom.com saytida "Olmos bola" nomli maqola eʼlon qilingan. Unda Allamjonov 4,2 million dollarlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishda sheriklikda ayblangan.
«Yodingizda bo‘lsa, 21 fevral kuni Sergey Yejkov o‘zining saytida ‘Olmos bola‘ degan tuhmatli maqola eʼlon qilib, unda meni 4 million 200 ming AQSH dollari qiymatidagi zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga sheriklikda ayblagan edi. Yani, Jinoyat kodeksining 182-moddasi «Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish»da nazarda tutilgan og‘ir jinoyat sodir etganlikda.
Albatta, men Sergey Yejkovni shaxsan bilmayman. Odamlarning aytishicha, 2016 yilgacha bu sayt maʼlum bir maxsus xizmatlarning ayrim shaxslarni qoralash bo‘yicha buyruqlarini bajargan. Men aniq bilmayman», — deydi u.
Shuningdek, Allamjonov mazkur ayblov yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgani hamda holat yuzasidan sud qaror chiqarishi kerakligini aytgan.
«U buyurtma asosida ish qilganini tushunib, advokatlarim bilan maslahatlashdim, agar muallif mening ushbu jinoyatga aloqadorligimni isbotlamasa, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin. Jinoyat kodeksining 139-moddasi (Tuhmat og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblash bilan birlashtirilgan).
To‘g‘ri ekanligimga to‘liq amin bo‘lib, Sergey Yejkovga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli ariza bilan murojaat qildim. U endi o‘z so‘zlari uchun qonun doirasida javob berishi kerak. Bizni qonun va sud hukm qilsin, men to‘liq ochiqman, tergov va sudga masalaning mohiyati bo‘yicha barcha maʼlumotlarni taqdim etishga tayyorman», — deya postini yakunlagan vasiylik kengashi raisi.


