So‘m belgisi e’lon qilingandan so‘ng internet foydalanuvchilari uning IN-CORE systems fransuz kompaniyasi logotipi bilan o‘xshashligini payqashdi.
“Biz professionallar orasidan komissiya tuzdik va bular Markaziy bank xodimlari emas yedi. Tanlov e’lon qilindi, unga minglab arizalar kelib tushdi. Ulardan komissiya belgini tanladi. Ammo bu ushbu shaklda tasdiqlanishini anglatmaydi. Uni yakunlash uchun mutaxassislarni jalb qilamiz. Birovga yoqadigan narsa boshqasiga yoqmasligi mumkin. Hammaga yoqadigan yechim topib bo‘lmaydi”, - dedi Markaziy bank raisi o‘rinbosari Botir Zohidov.
U, shuningdek, taqdim etilgan variantlarning aksariyati u yoki bu shaklda AQSH dollari yoki yevroning ramzini takrorlaganini qayd etdi.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ham so‘m belgisiga izoh berdi.
“Bu xalq bilan muloqotimizning boshlanishi, xolos. Rostini aytsam, menga tenge belgisi juda yoqadi, lekin kimdir bu Yaponiya pochta bo‘limining belgisi deb yozgan. Juda o‘xshash. Ha, hammamiz bir-biriga o‘xshaymiz. Qanday bo‘lmasin, ramzni tanlash butun siklning oxiri emas. Biz uni chop etish va boshqa valyutalardan ajratish oson bo‘lishi uchun mutaxassislar bilan ishlaymiz. tanlagan narsa doimiy emas, mutaxassislar bu belgini o‘zgartirishi mumkin”, - dedi Markaziy bank raisi.


