1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Kompromatuzb ishi yopiq sudda ko‘riladi

Sudni yopiq tarzda o‘tkazishni ikki nafar sudlanuvchi iltimos qilgan.

Kompromatuzb ishi yopiq sudda ko‘riladi

 

Kompromatuzb Telegram-kanali bilan bog‘liq jinoyat ishi sudda yopiq tarzda ko‘riladigan bo‘ldi.

 

Bugun, 18 iyul kuni JIB Shayxontohur tumani sudida Kompromatuzb Telegram-kanali bilan bog‘liq jinoyat ishida ayblanayotgan 4 nafar sudlanuvchiga oid ish ko‘rib chiqiladi. Biroq sud ishni yopiq tarzda ko‘rish haqida qaror qabul qilgan.

 

Sudlanuvi Xurshid Daliyev ish to‘liq yopiq tarzda ko‘rilishini, Mavjuda Mirzayeva esa faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan qismini yopiq tarzda ko‘rilishini so‘ragan. Shuningdek, qolgan sudlanuvchilar Siyavush Xoshimov va Ahmadillo Ahmadjonovlar sud ochiq tarzda ko‘rilishini so‘ragan.

 

Maʼlumot o‘rnida,

 

sudlanuvchilar Xurshid Daliyev:

Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi va 243-moddasi bilan;

Siyavush Xoshimov:

Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasi bilan;

Ahmadillo Ahmadjonov:

Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan;

Mavjuda Mirzayeva:

Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a”, “b”, “v” bandlari bilan ayblangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика