Kolumbiyaning Kundinamarka departamentidagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘ldi. Kamida olti kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Vayronalar ostida yana odamlar qolgan bo‘lishi mumkin.
Portlash vaqtida konda kamida 30 kishi bo‘lgan. Ko‘pchilik o‘zi tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 28 oktyabr kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi shaxtada portlash sodir bo‘lib, 45 kishi halok bo‘ldi. Favqulodda vaziyat vaqtida konda 252 kishi bo‘lgan.


