1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kongoda 9 kishi maymunchechakdan vafot etdi

Shifokorlar mamlakatda kasallikning davom etishi o‘lik maymunlarni iste’mol qilish bilan bog‘liqligini aytmoqda.

Kongoda 9 kishi maymunchechakdan vafot etdi

 

Kongoda to‘qqiz kishi maymunchechakdan vafot etdi. Nigeriyada esa mazkur kasallikdan birinchi o‘lim qayd etildi. 


Shifokorlarning ta’kidlashicha, Kongoda kasallikning davom etishi o‘lik maymunlar va kemiruvchilarni iste’mol qilish bilan bog‘liq.


“Odamlar o‘rmonga kirib, maymunlar, ko‘rshapalaklar va kemiruvchilarning jasadlarini olib ketishadi. Ular maymunchechak kasalligining manbasi hisoblanadi”, — deydi  kongolik tibbiyot mutaxassisi. 


Rasmiylar maymunchechak alomati sezilgan fuqarolar o‘zlarini izolyasiya qilishini va buning uchun sog‘liqni saqlash markaziga tashrif buyurishini aytmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика