1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Konor Makgregor prezidentlik saylovida qatnashmaydi

Irlandiyalik UFC yulduzi nomzodini qaytarib oldi.

Konor Makgregor prezidentlik saylovida qatnashmaydi

Irlandiyalik mashhur UFC jangchisi Konor Makgregor 2025-yil noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovida ishtirok etmasligini e’lon qildi. U o‘zining qarori haqida ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berib, muxlislariga murojaat qildi.

 

“Yaxshilab o‘ylab ko‘rib, oilam bilan maslahatlashgan holda, bu prezidentlik poygasidan o‘z nomzodimni qaytarishga qaror qildim. Bu oson qaror bo‘lmadi, biroq hozircha eng to‘g‘ri yo‘l shu”, – dedi Makgregor.

 

Sportchining siyosatga kirib kelishi muhlislar orasida katta qiziqish uyg‘otgan edi. U nomzodini ilgari surganida, Irlandiya jamoatchiligi orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Biroq Makgregorning bu qarori uning siyosiy faoliyati vaqtincha cheklanishini anglatmoqda.

 

Makgregor avval ham sportdan tashqari turli loyihalarda faol bo‘lgan. Eks-chempion sifatida u biznes, xayriya va sport sohalarida faoliyatini davom ettirmoqchi. Siyosiy maydondan chekinishi bilan birga, u o‘z muxlislariga doimo yangi tashabbuslar bilan chiqishini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика