1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi

Bu haqida Oliy taʼlim vazirligi xabar berdi.

Kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi

2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati 31 dekabrgacha uzaytirildi.

 

Davlat qabul komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishning so‘nggi muddati 2024 yil 31 dekabri (shu kuni ham) yetib belgilandi:

 

- to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);

 

- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;

 

- Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

 

Eslatma: bu 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика