1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ko‘p miqdordagi oltin va yoqut toshlarni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

sotayotganida ushlangan.

Ko‘p miqdordagi oltin va yoqut toshlarni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy va Samarqand viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Bulung‘ur tumanida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

 

Unda Toshkent shahri tomon harakatlanayotgan, Xatirchi tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Nexia to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda uning salon qismida umumiy og‘irligi 1 kilogramm 75 gramm bo‘lgan 11 dona bo‘lakdagi oltin borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Mutaxassislarning baholashicha, ushbu 999 probali oltinning qiymati 795 mln so‘mni tashkil etadi.
 


Shuningdek, boshqa holatda esa Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirda, 1968-yilda tug‘ilgan shaxs sof og‘irligi 838 gramm bo‘lgan yoqut qimmatbaho toshni 300 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, ushbu summadan 80 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur qimmatbaho toshni 1960 yilda tug‘ilgan fuqarodan olganligi aniqlanib, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida u ham ushlandi. 

 

Mutaxassislarning baholashicha, ushbu qimmatbaho toshning narxi 477 mln 256 ming so‘mni tashkil etadi. Qayd etilishicha, har ikki fuqaro ham muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlangan.
 

Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика