1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlari 2023-yilda 8 mlrd so‘mni maqsadsiz sarflab yubordi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan 200 ga yaqin boshqaruv tashkilotlari faoliyati o‘rganildi

Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlari 2023-yilda 8 mlrd so‘mni maqsadsiz sarflab yubordi

 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning birinchi yarim yilligida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlari tomonidan 8 mlrd so‘m mablag‘lar maqsadsiz sarflangan.

 

Taʼkidlanishicha, aholi murojaatlariga asosan 2023-yilning birinchi yarim yilligida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi 200 ga yaqin boshqaruv tashkilotlari faoliyati o‘rganilgan.

 

O‘rganish natijalariga ko‘ra:

 

  • 47 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan 4.5 mlrd so‘m mablag‘ maqsadsiz sarflangani;

  • 31 ta boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) tomonidan 3.5 mlrd so‘m mablag‘l maqsadsiz sarflangani aniqlandi.

 

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика