1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ko‘p qavatli uyning xonadonlarini poylagan erkak qamaldi

Holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo'lgandi.

Ko‘p qavatli uyning xonadonlarini poylagan erkak qamaldi

 

2020-yili o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan fuqaro joriy yilning 21-may kuni noma’lum shaxs Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida xonadon eshiklarini birma-bir tortib, tashqaridan turib xonadon ichkarisini eshitayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.

 

Aniqlanishicha, joriy yilning 2-may kuni A.B. ismli shaxs tungi soat 02:30 atrofida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli 142-uyning xonadonlariga ko‘z tirqishlari orqali qarab, ushbu xonadonlarni eshitib turish orqali kuzatib yurganligi natijasida xonadonda yashovchilarni qo‘rqitib, ularning tinchligini buzgan.

 

Mazkur holat bo‘yicha u IIB binosiga taklif qilinganida, idoraga kelishdan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

 

Ushbu holat yuzasidan joriy yilning 23 may kuni MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan ayblanayotgan A.B.ga nisbatan Mirzo Ulug‘bek tuman sudida sud hukmi o‘qildi.

 

Unga ko‘ra, sudlanuvchi MJtKning 183-moddasiga asosan 5 sutka qamaldi. MJtKning 194-moddasiga asosan esa BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика