1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Koreya Respublikasi Prezidenti “UEnter” Innovatsion tadbirkorlik markazi bilan tanishdi

Yun Sok Yol markazning faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining samimiy dil so‘zlarini yozib qoldirdi.

Koreya Respublikasi Prezidenti “UEnter” Innovatsion tadbirkorlik markazi bilan tanishdi

 

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida Bosh vazir Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi “UEnter” Innovasion tadbirkorlik markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

 

O‘zbekiston - Koreya Innovasion kelajak yoshlari bilan suhbatda O‘zbekiston tomoni Koreya Respublikasini muhim hamkor, ishonchli do‘st hamda strategik sherik sifatida e’tirof etishini, Oliy darajadagi yaqin va ishonchli muloqot mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

 

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi va Koreya axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish agentligining qo‘llab-quvvatlovi bilan tashkil etilgan “UEnter” Innovasion tadbirkorlik markazi Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasi asosida o‘zbekistonlik yosh tadbirkorlarga o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishlari uchun har tomonlama ko‘mak berishga mo‘ljallangan.

 

Koreya Prezidenti Markazning faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining samimiy dil so‘zlarini yozib qoldirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика