1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Koreyada nolegal ishlayotgan o‘zbekistonliklar soni tobora oshmoqda

Agar ko‘rsatkich 10 foizga yetsa, Janubiy Koreya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatishi mumkin.

Koreyada nolegal ishlayotgan o‘zbekistonliklar soni tobora oshmoqda

 

 

Janubiy Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari orasida nolegal statusga o‘tayotganlar soni keskin ko‘paymoqda. Hozirda bu ko‘rsatkich 9 foizga yetgan bo‘lib, agar u 10 foizdan oshsa, Koreya Adliya vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘liq to‘xtatishi mumkin. Bu haqda O‘zbekistonning Koreyadagi elchisi Alisher Abdusalomov 17-yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan elchilar va tadbirkorlar uchrashuvida ma’lum qildi.

 

Elchining aytishicha, Koreyaga rasmiy tartibda borib, keyinchalik ish joyini tashlab, noqonuniy ishlashga o‘tayotgan o‘zbekistonliklar soni ortib bormoqda. Hozirda Koreyada qariyb 100 ming nafar o‘zbekistonlik yashaydi va ularning deyarli 9 foizi nolegal holatda mehnat qilmoqda. Diplomat bu holat O‘zbekistonning xalqaro imijiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

 

Muammo faqat mehnat migratsiyasi bilan cheklanmay, ta’lim sohasiga ham taalluqli. Elchining so‘zlariga ko‘ra, Koreyaga til kurslari yoki universitetlarga o‘qishga kelgan ayrim yoshlar ta’limni tashlab, ishlash maqsadida viza talablarini buzmoqda. Bu esa tartibli migratsiyaga to‘sqinlik qilib, koreys ish beruvchilari orasida o‘zbekistonlik ishchilarga nisbatan salbiy munosabat shakllanishiga olib kelmoqda.

 

Shuningdek, Alisher Abdusalomov Koreya har yili O‘zbekistonga E-8 mavsumiy viza turi bo‘yicha 5 mingta kvota ajratishini, biroq amalda atigi 600 ga yaqin kvotadan foydalanilayotganini bildirdi. Hozirda O‘zbekistondan Koreyaga ishchilar faqat Migratsiya agentligi orqali yuborilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada o‘qiyotgan xorijiy talabalar orasida viza qoidalarini eng ko‘p buzayotganlar qatorida o‘zbekistonliklar ham bor: 2024-yilda D-2 talabalik vizasi bilan kelib qoidabuzarlik qilganlarning 13 foizi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика