1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Koronavirus asoratlari suyak va bo‘g‘imlar yemirilishiga olib keladimi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Koronavirus asoratlari suyak va bo‘g‘imlar yemirilishiga olib keladimi?

 

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov:

 

— Koronavirus pandemiyasining dastlabki yili butun insoniyat uchun og‘ir sinov bo‘ldi. O‘shanda eng asosiy eʼtibor, avvalo, bemorlar hayotini saqlab qolish va kasallik keng tarqalishining oldini olishga qaratildi.

Vaqt o‘tishi bilan tibbiyotda bu xavfli infeksiya bilan kurashishning samarali yo‘llari topildi. Davolash standartlari takomillashtirildi. Eng muhimi, COVID-19ga qarshi vaksinalar yaratildi.

Ammo ko‘p o‘tmay, koronavirusning yana bir xavfli jihati maʼmum bo‘ldi. Yaʼni uning og‘ir asoratlari! Ushbu holat SOVID-19ni boshdan kechirgan baʼzi bemorlarda son suyagi, yelka, tizza bo‘g‘imlarining yemirilishi bilan kechayotgani sir emas. Bu — dunyo olimlarining ilmiy xulosasi.

Agar statistik tahlillarga murojaat qilsak, pandemiyagacha bo‘lgan davrdan to hozirgi kungacha mazkur xastalikka chalingan bemorlar soni 3-4 barobar ortganini ko‘ramiz.

Oqibatda ushbu kasallikning og‘ir bosqichlarida yuqori texnologik operatsiya hisoblanadigan endoprotezlash amaliyotiga muhtoj bemorlar soni ko‘payib bormoqda.

To‘g‘ri, koronavirus pandemiyasi boshlanmasidan avval ham avaskulyar nekrozdan aziyat chekuvchi yurtdoshlarimizdan murojaatlar bo‘lardi. Ammo ularning soni hozirgi paytdagi singari ko‘p emasdi.

Bugunga kelib tibbiyot markazimizda shunday dardga chalingan mingdan ortiq bemorlarning reyestrini shakllantirganmiz. Tahlillar asnosida ko‘ryapmizki, ularning aksariyati koronavirusga qarshi emlanmagani oqibatida kasallikni og‘ir o‘tkazgan.

Ustiga-ustak, shifokor tavsiyasisiz, uy sharoitida turli antibiotik, gormon preparatlarini palapartish qo‘llagan. Oqibatda vaqt o‘tishi bilan suyaklarda yemirilish holatlari yuzaga kelmoqda.

 

Shuningdek, Irismetov dori vositalaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish turli og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi bo‘yicha fuqarolarni ogohlantirib, COVID-19'ga qarshi to‘liq bosqichda va buster dozada, albatta, emalanish zarurligini taʼkidlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика