1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Koronavirus bilan kasallanganlarni davolovchi shifokorlarga ustamalar kamaytirildi

Prezident farmoni bilan shifokorlarga to‘lanadigan maxsus ustama to‘lovi 200 foizdan 50 foizga tushirilmoqda.

Koronavirus bilan kasallanganlarni davolovchi shifokorlarga ustamalar kamaytirildi

 

Prezident "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

 

Unga ko‘ra, “O‘zmedimpeks”  va “IT-Med” MCHJ ommaviy savdolar orqali to‘liq sotilayotgan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilmoqda. 

 

Shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun maxsus ustama to‘lovi 200 foizdan 50 foizga tushirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика