1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Koronavirus sabab 4 mln amerikalik ishsiz qoldi

Kasallik alomatlari ularni mehnatga layoqatsiz qilib qo‘ygan.

Koronavirus sabab 4 mln amerikalik ishsiz qoldi

 

Qo‘shma Shtatlarda 2 milliondan 4 milliongacha odam COVID-19 pandemiyasi tufayli ishini yo‘qotdi. Bunga kasallikdan keyingi alomatlar sabab bo‘lgan. 

 

Brukings instituti tadqiqotiga ko‘ra, hozirda mehnatga layoqatli yoshdagi jami 16 million amerikalik (18 yoshdan 65 yoshgacha) virusning uzoq muddatli asoratlaridan aziyat chekmoqda. 

 

Kasallikdan keyin xotira pasayishi, depressiya, charchoqning kuchayishi va nafas olish muammolari kabi alomatlar saqlanib qoladi. Tahlilchilar potensial ishchilarga maoshlar to‘lanmagani sababli AQSH iqtisodiga zararni yiliga 170 milliard dollar deb baholamoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика