1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Koronavirusning yangi — “flurona” shtami aniqlandi

Isroillik shifokorlar odamlarda koronavirus va grippning kombinatsiyasi bo‘lgan “flurona” variantining birinchi holatini aniqlashdi.

Koronavirusning yangi — “flurona” shtami aniqlandi

 

Isroilda dunyoda birinchi marta koronavirus va gripp bilan bir vaqtda kasallanish holati qayd etildi.

 

Aniqlanishicha,  yangi “flurona” koronavirusga qarshi emlanmagan tug‘ruq holatidagi ayolda qayd etilgan.

 

Uning bir vaqtda ham virus, ham gripp bilan kasallangani bir qancha testlar yordamida aniqlangan. 

 

“Fluron”ning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlari haqida gapirishga hali erta bo‘lsada, uning tarqalish darajasini, odamlar uchun xavfliligini va unga qarshilik ko‘rsatishini baholash qiyin, shifokorlar o‘tkir shamollashning jiddiy xavfi borligiga ishonishadi.

 

Holatlar  sonining ko‘payishi, kasalxonalar to‘ldirilishi va bemorlarning o‘limini oshirishi mumkin.

 

Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligining taʼkidlashicha, Rabin tibbiyot markazida yana bir necha bemor allaqachon “flurona” bilan kasallanganiga shubha yo‘q, ammo bemorlar va tibbiyot xodimlari tekshirilmoqda hamda tashxis qo‘yilmoqda. Shundan so‘ng rasmiy bayonot beriladi.

 

Ammo, vazirlikka ko‘ra, "flurona" kasalliklar sonining keskin ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  koronavirusning yangi “AY.4.2” shtammi paydo bo‘lgani hamda Omicron‘ shtammi aviasanoatga hujum qilayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика