1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 1 mlrd so‘mdan ortiq qonunbuzilish holatlarini aniqladi

Ayni vaqtda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 1 mlrd so‘mdan ortiq qonunbuzilish holatlarini aniqladi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan uchta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

 

Jumladan:

  • Toshkent shahar 5-sonli yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi buyurtmachiligida joriy yilning 30 yanvar kuni issiq ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha autsorsing xizmati yuzasidan o‘tkazilgan 432,0 mln so‘mlik;

 

  • Chapqirg‘oq-Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi buyurtmachiligida joriy yilning 9-fevral kuni elektrodvigatel xarid qilish yuzasidan o‘tkazilgan 79,9 mln so‘mlik;

 

  • Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasi buyurtmachiligida joriy yilning 14-fevral kuni Txtruba va list sotib olish yuzasidan o‘tkazilgan 533,2 mln so‘mlik davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 20-moddasi (xarid komissiyasining huquq va majburiyatlari), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning bir qator talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

 

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash bayonnomalarini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachilarga Agentlikning taqdimnomalari kiritilib, yuqoridagi davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilinishi ta’minlangan.

 

Shuningdek, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика