1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Ko‘sem” seriali yulduzi O‘zbekistonga kelmoqda

U Toshkentdagi xalqaro kinofestivalda qatnashadi.

“Ko‘sem” seriali yulduzi O‘zbekistonga kelmoqda

 

Taniqli turk aktrisasi Nurgul Yeshilchay 12–18-sentabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Ipak yo‘li durdonasi” XIV xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi. Bu  haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Nurgul Yeshilchay zamonaviy turk kinosining eng yuqori baholanadigan aktrisalaridan biri hisoblanadi. U “Muhtasham yuz yil”, “Ko‘sem”, “Muhabbat va jazo”, “Tilka-pora”, “Qizil sevgi” filmlari orqali tomoshabinlar mehrini qozongan.

 

Eslatib o‘tamiz, 15-sentabr kuni “O‘zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida “Turkiya kinosi kunlari”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика