1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kreml amaldorlariga iPhone‘dan foydalanish taqiqlanadi

Bu bo‘yicha RF prezidenti apparati ichki siyosat bo‘yicha kuratori  Kiriyenko topshiriq bergan.

Kreml amaldorlariga iPhone‘dan foydalanish taqiqlanadi

 

RF prezidenti apparatining ichki siyosiy bloki xodimlariga iPhone smartfonlaridan voz kechish tavsiya qilindi. bu haqda "Kommersant" xabar berdi.

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra,  bu bo‘yicha maʼlumot amaldorlarga mart oyi boshida berilgan. Kreml o‘z xodimlari uchun katta ehtimol bilan “xavfsizroq” bo‘lgan boshqa qurilmalarni sotib olishi mumkin. “Kommersant” manbalaridan biri tavsiya ko‘proq “talab shaklida” ekanini aytgan.

 

“Phone tugadi. Uni yo tashlab yuborish yo farzandlarga berish kerak. Mart oyida hamma buni amalga oshirishi kerak”, — degan manbalardan biri.

 

Nashr suhbatdoshlaridan biri prezident administratsiyasida ushbu chora bo‘yicha bahslar anchadan buyon ketgan, ammo unga administratsiya rahbarining birinchi o‘rinbosari, ichki siyosat bo‘yicha kurator Sergey Kiriyenko nuqta qo‘ygan. U 1 aprelga qadar iPhone‘dan voz kechishni buyurgan.

 

Bu xavfsizlik nuqtayi nazaridan amalga oshirilayotgani aytilmoqda: Kremlning fikricha, ushbu qurilmalar G‘arb maxsus xizmatlari tomonidan oson buzib kirilishi va kuzatilishi mumkin.

 

Amaldorlarga Android operatsion tizimidagi telefonlarni sotib olish tavsiya qilingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика