1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Kulaymi, kuyaymi: Jizzaxda bankir o‘g‘ri bo‘lib chiqdi

U 11 kishining plastik kartasidan pul yechib olgani aniqlandi.

Kulaymi, kuyaymi: Jizzaxda bankir o‘g‘ri bo‘lib chiqdi



Jizzax shahrining “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi shaxs Ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga tegishli bank plastik kartasidan nomaʼlum shaxs 8 million so‘m pullarini yechib olganini bildirgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyat jabrlanuvchi mijoz bo‘lgan bankning chakana xizmatlar bo‘limi boshlig‘i, Jizzax shahrining “Uchariq” mahallasida istiqomat qiluvchi shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

 

Shuningdek, ayblanuvchi yana 10 nafar fuqaroning pulini o‘margan. Jabrlanuvchilarga jami 133 million 629 ming so‘m zarar yetkazilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика