Para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasida final bahsida ishtirok etgan hamyurtimiz Kumush Xodjayeva yaponiyalik Xirose Junkoga qarshi tatamiga chiqdi.
Hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berdi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.


