1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kurash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

Bu bo‘yicha Hukumat nizomni tasdiqladi.

Kurash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

 

11 avgust kuni Hukumat qarori bilan Ichki ishlar vazirligining Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga ko‘ra, sport maktabida o‘quvchi-sportchilar kontingenti, ularning vazn toifalarini hisobga olgan holda, 60 nafardan iborat hamda taʼlim olish muddati o‘quvchi-sportchi O‘zbekiston terma jamoasining asosiy (yoki zaxira) tarkibida bo‘lgan davr mobaynida davom etadi.

 

Sport maktabiga 18 yosh va undan katta sportchilar qabul qilinadi.

 

O‘quvchi-sportchilarni sifatli tanlab olishni taʼminlash maqsadida sport maktabida qabul o‘rinlari bo‘shagan kundan 1 oy muddatda tanlov va uni o‘tkazish shartlari to‘g‘risida eʼlon beriladi.

 

Nomzodlarga quyidagi minimal talablar qo‘yiladi:

 

—sport ustaligiga nomzoddan past bo‘lmagan sport toifasining mavjudligi;

—kurashning tegishli yosh guruhlari va uslublari bo‘yicha sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionatlarida egallangan sovrinli o‘rinlar (1–3-o‘rin) mavjudligi.

 

Sport maktabiga o‘qishga kirishda nomzodlar 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi, shundan 30 ball umumiy jismoniy tayyorgarlikka va 70 ball maxsus jismoniy tayyorgarlikka ajratiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика