KXDR 24 mart kuni Yapon dengizi tarafga navbatdagi raketani uchirdi. Bu haqda Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati maʼlum qildi.
Rasmiylar baliqchilar kemalarini snaryad bo‘laklari tushishi xavfi borligidan ogohlantirgan. Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, raketa Yaponiya iqtisodiy zonasi ichkarisiga tushgan.
Tokioda bosh vazir kanselyariyasi huzurida ushbu sinovlar to‘g‘risida maʼlumot to‘plash maqsadida shoshilinch shtab tuzilgan.
Yonhap agentligining xabar berishicha, KXDR uzoq masofaga uchadigan ballistik raketa sinovini o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya muvafaqqiyatsiz raketa sinovinin amalga oshirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


