KXDR 6 oktyabr kuni Yapon dengizi tomon navbatdagi ballistik raketalarini uchirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Mamlakat TIV sinovlar Janubiy Koreya va AQSH qo‘shma mashg‘ulotlariga javoban amalga oshirilganini taʼkidlagan. Vazirlik Vashington va uning ayrim ittifoqchilari BMT xavfsizlik kengashida ushbu masalani ko‘tarishga harakat qilayotganini tanqid qilgan.
Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, raketalar dengizga tushgan.
So‘nggi marta Pxenyan 4 oktyabrda raketa uchirgandi. O‘tgan hafta jami 4 marta sinovlar o‘tkazilgan.


