Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol KXDRning har qanday provokatsiyalariga qatʼiy javob berishini maʼlum qildi.
“Bizning hukumat qatʼiy va tezda javob qaytarishga tayyor”, – degan prezident.
Janubiy Koreya yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, Shimoliy Koreyaning yadro va raketa tahdidlari tobora kuchayib bormoqda. Bu nafaqat Koreya yarimoroli, balki butun dunyoga xavf solayotgani taʼkidlangan.
Yakshanba kuni KXDR sakkizta ballistik raketa otdi. Bunga javoban 6 iyun kuni Seul va Vashington ham raketa uchirdi.


