1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

KXDRning ayg‘oqchi sunʼiy yo‘ldoshi parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Raketa uchirilganidan ko‘p o‘tmay havoda portlab ketgan.

KXDRning ayg‘oqchi sunʼiy yo‘ldoshi parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

KXDR Davlat aerokosmik muhandislik boshqarmasi bayonotida qayd etishicha, “Malligyon-1-1” ayg‘oqchi sunʼiy yo‘ldoshini olib ketayotgan raketa uchirilganidan ko‘p o‘tmay parvozning birinchi bosqichida havoda portlagan. Halokatga raketa dvigatelining nosozligi sabab bo‘lgan

 

Ushbu sunʼiy yo‘ldoshni uchirishga urinishdan bir necha daqiqa o‘tgach, Janubiy Koreya harbiylari uning qoldiqlari KXDRning g‘arbiy sohillari yaqiniga qulab tushganini qayd etdi.

 

Shimoliy Koreya 2023 yil sentyabrida o‘zini “yadroviy davlat” deb eʼlon qilgan va so‘nggi oylarda yadroviy qurol olib yurishga qodir ballistik raketalarni faol sinovdan o‘tkazmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика